Dencevid

AI bilan video yaratish — matndan va rasmdan

Sahnani so‘z bilan tasvirlang yoki rasm yuklang — sun’iy intellekt undan ovozli video yasaydi. Reklama, Reels, Shorts va ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa roliklar bir necha daqiqada tayyor.

Namuna

Matndan video: “Tog‘da quyosh chiqishi”
Rasmdan video: surat jonlandi

Qanday ishlaydi

  1. Tasvirlang yoki rasm yuklang

    Nima bo‘lishini yozing: joy, harakat, kamera, yorug‘lik. Yoki tayyor suratingizni yuklang — u jonlanadi.

  2. Model va sozlamani tanlang

    7 ta modeldan birini, uzunlikni (2–15 soniya), nisbatni (9:16, 16:9, 1:1) va sifatni tanlaysiz. Aniq narx shu yerning o‘zida ko‘rinadi.

  3. Videoni yuklab oling

    Tayyor video kutubxonangizda paydo bo‘ladi. Yuklab olasiz yoki Studio’da montajga B-roll qilib qo‘shasiz.

Imkoniyatlar

7 ta video modeli

Arzon va tez modeldan eng yuqori realizmgacha — har vazifaga mosini tanlaysiz.

Matndan va rasmdan

Bo‘sh joydan sahna yaratish yoki mahsulot, odam, manzara suratini harakatga keltirish.

Ovozli video

Ko‘p modellar tabiiy tovush bilan birga yaratadi: shamol, shahar shovqini, muhit.

1080p gacha, 15 soniyagacha

Vertikal Reels/Shorts, gorizontal YouTube yoki kvadrat post formati.

Narx oldindan

Har tanlovda kreditdagi aniq narx ko‘rsatiladi. Natija chiqmasa — kredit avtomatik qaytadi.

Bitta kredit hamyoni

Shu kreditdan rasm yaratish, matndan ovoz va audiodan matn ham ishlaydi.

Kim uchun

  • Reklama va SMM mutaxassislari — mahsulot uchun tez rolik
  • Blogerlar — Reels va Shorts uchun sahna va B-roll
  • Kichik biznes — oddiy suratdan jonli reklama
  • Ta’lim va taqdimot — mavzuni ko‘rsatuvchi qisqa video

Savol-javob

AI video qancha davom etadi?

Modelga qarab 2 dan 15 soniyagacha. Uzunroq rolik kerak bo‘lsa, bir nechta lavha yaratib Studio’da birlashtirasiz.

Qaysi formatda chiqadi?

MP4, 1080p gacha. Nisbat: vertikal 9:16, gorizontal 16:9 yoki kvadrat 1:1 (modelga qarab).

Narx qanday hisoblanadi?

Kredit bilan: narx model, uzunlik va sifatga bog‘liq. Aniq narx yaratish tugmasidan oldin ko‘rinadi.

Natija chiqmasa nima bo‘ladi?

Video yaratilmasa, kredit avtomatik ravishda hisobingizga qaytadi.

O‘zbekcha yozsam tushunadimi?

Ha, lekin inglizcha tasvir odatda aniqroq natija beradi — sahna, harakat va kamerani qisqa jumlalarda yozing.

Video qancha saqlanadi?

Natijalar 14 kun saqlanadi — shu vaqt ichida yuklab oling.

Tariflar va narxlar

Oylik obuna, so‘mda. Tarifni tanlab, Telegram support orqali to‘laysiz.