Dencevid
Dencevid xizmatlari vaqtincha ish faoliyatida emas. Tez orada qaytamiz — hisobingiz va ma’lumotlaringiz saqlanadi.

Reels uchun subtitr uslublari: qaysi biri qachon mos

Subtitr nafaqat matn, balki videoning kayfiyati. Bir xil gap Hormozi uslubida baquvvat, minimal uslubda esa vazmin ko‘rinadi. Quyidagi namunalar Dencevid Studio’da yasalgan.

Yangilangan:

Hormozi — katta va baquvvat

Yirik, qalin, bosh harflar bilan, muhim so‘z sariq yoki yashil rangda. Motivatsiya, biznes maslahat, “3 ta sir” turidagi videolar uchun. Ekranda bir vaqtda 1–3 so‘z.

Hormozi uslubi
Hormozi uslubi

Plashka — aytilayotgan so‘z ajraladi

Butun jumla ko‘rinadi, aytilayotgan so‘z esa rangli fon bilan belgilanadi. Ko‘z nutqni kuzatib boradi — ta’lim va tushuntirish videolari uchun qulay.

Plashka uslubi
Plashka uslubi

Karaoke to‘lishi — ritmli

So‘zlar aytilishi bilan rang bilan “to‘lib” boradi. Musiqali, ritmli va ko‘ngilochar videolar uchun.

Karaoke to‘lishi
Karaoke to‘lishi

Minimal va kino — vazmin

Kichikroq, tinch shrift, pastda bir-ikki qator. Intervyu, podkast, hikoya va premium brendlar uchun — matn e’tiborni tortmaydi, faqat yordam beradi.

Qanday tanlash kerak

Bitta kanal uchun bitta-ikkita uslubni tanlab, doim shuni ishlatish brendni tanimali qiladi. Dencevid Studio’da 30 ta uslub bor — har birini videongizda jonli ko‘rib, keyin tanlaysiz. Muhim so‘zga urg‘u berish, joy va o‘lchamni o‘zgartirish ham mumkin.

  • Tez va energik video — Hormozi, Beast, Neon.
  • Tushuntirish va dars — Plashka, Marker.
  • Musiqa va ko‘ngilochar — Karaoke, Sakrash.
  • Intervyu va podkast — Minimal, Kino.
Avtomatik qiling — birinchi video bepul

15 soniyagacha bitta videoni Dencevid Studio’da bepul sinab ko‘ring: subtitr yoki avto montaj. Natijada Dencevid belgisi bo‘ladi.

Bepul sinab ko‘rish

Savol-javob

Uslubni keyin almashtirsa bo‘ladimi?

Ha, uslub bir bosishda almashadi va video qaytadan tayyorlanadi.

Ruscha matn ham chiqadimi?

Ha, nutq rus tilida bo‘lsa, subtitr kirill harflarida to‘g‘ri chiqadi.

Nechta uslub bor?

Dencevid Studio’da 30 ta animatsiyali uslub.