Dencevid
Dencevid xizmatlari vaqtincha ish faoliyatida emas. Tez orada qaytamiz — hisobingiz va ma’lumotlaringiz saqlanadi.

Videodagi pauza va “eee”larni qanday kesish mumkin

Kameraga gapirganda pauza, “eee” va qayta aytilgan jumlalar bo‘lishi tabiiy. Lekin videoda ular tomoshabinni zeriktiradi. Ularni qo‘lda va avtomatik qanday olib tashlashni ko‘rib chiqamiz.

Yangilangan:

Nimani kesish kerak

  • Jumlalar orasidagi uzun jimlik (yarim soniyadan ortiq).
  • “Eee”, “mmm” kabi to‘ldiruvchi tovushlar.
  • Dubllar — bir jumlani ikki-uch marta aytgan bo‘lsangiz, eng yaxshisi qoladi.
  • Boshidagi va oxiridagi ortiqcha qismlar (kamerani yoqish-o‘chirish).

Qo‘lda kesish

Montaj ilovasida vaqt chizig‘idagi ovoz to‘lqiniga qarang: jimlik — tekis chiziq. Har pauzaning boshida va oxirida videoni bo‘lib (split), o‘rtasini o‘chirasiz. Bir daqiqalik videoda bunday joy 15–30 tagacha bo‘lishi mumkin.

  • Maslahat: kesishni so‘z o‘rtasida emas, nafas joyida qiling — aks holda tovush “uziladi”.
  • Sakrashni sezilmas qilish uchun kesilgan joyda kadrni biroz yaqinlashtiring (jump cut).

Matn orqali kesish

Zamonaviy usul — videoni matnga aylantirib, keraksiz so‘zlarni matnning o‘zidan o‘chirish. So‘z o‘chirilsa, videodan ham shu bo‘lak kesiladi. Bu vaqt chizig‘ida izlashdan ancha tez.

Avtomatik kesish — Dencevid Studio

Avto montajda pauzalar, “eee” va dubllar o‘zi kesiladi, kesilgan joylarda kamera navbatma-navbat yaqinlashadi — sakrash sezilmaydi. Natija yoqmasa, matn orqali o‘zingiz tuzatasiz: so‘zni bossangiz — kesasiz yoki qaytarasiz.

Bir nechta lavha olgan bo‘lsangiz (dubl bilan), hammasini birga yuklaysiz — Studio ularni nutqqa qarab tartiblaydi va yaxshisini qoldiradi.

  1. Videoni (yoki bir nechta lavhani) yuklang.
  2. “Avto montaj”ni tanlang — kesish, kamera va subtitr o‘zi bajariladi.
  3. Matnda keraksiz joyni o‘chiring yoki qaytaring, so‘ng yuklab oling.
Avtomatik qiling — birinchi video bepul

15 soniyagacha bitta videoni Dencevid Studio’da bepul sinab ko‘ring: subtitr yoki avto montaj. Natijada Dencevid belgisi bo‘ladi.

Bepul sinab ko‘rish

Savol-javob

Kesilgan joyda video sakramaydimi?

Kesilgan joylarda kamera biroz yaqinlashadi — bu “jump cut” sakrashni yashiradi va dinamik ko‘rinadi.

Kesishni o‘chirib qo‘ysa bo‘ladimi?

Ha, “o‘z holatida” rejimida video kesilmaydi — faqat grafika va subtitr qo‘shiladi.

O‘zbekcha “eee”ni ham taniydimi?

Ha, nutq o‘zbek, rus yoki ingliz tilida bo‘lishi mumkin.